Bizning Hikoyamiz
1965-yil
Birinchi T.G.I. Friday’s® restorani Nyu-York shahrida Birinchi avenyu va 63-ko‘cha muyulishida ochiladi. Manhettenning yuqori Ist-Saydida joylashgan T.G.I. Friday’s tezda yolg‘iz (turmush qurmagan) kattalar uchun ASOSIY uchrashuv joyiga aylanadi va birinchi yilidayoq 1 million dollar daromad keltiradi. T.G.I. Friday’s restoraning ilk menyusi oddiy bo‘r taxtasida yozilgan edi.
1970-yillar
Kompaniya Rok-n-Roll Qiroli Elvis Presli mashhur qilgan shaharga: Memfis, Tennessi shtatiga o‘z faoliyatini kengaytiradi.
T.G.I. Friday’s payshanba oqshomida yarim tunda jumani kutib olish an’anasini boshlaydi. Har payshanba kechasi xuddi Yangi yil bayramidek o‘tadi: shampan vinosi ichiladi, konfetti sochiladi va shovqin-suron ko‘tariladi.
«Payshanbalar Friday’s uchun doimo katta voqea, chunki aynan o‘shanda odatda shundoq ham gavjum bo‘lgan restoranda havo sharlari va shampan vinosi bilan yarim tungi bayram tantanasi bo‘lib o‘tadi». – Dallas Times Herald, 1972-yil 30-mart.
«Hammasi juda kamtarona boshlangan. Nyu-Yorklik bo‘ydoq atir sotuvchisi Alan Stillman o‘z mahallasidagi styuardessalar bilan tanishishning eng zo‘r usuli eski pivo barini sotib olib, uni Tiffani lampalari va zamonaviy yosh ofitsiantlar bilan bezatish, hamda martabali kishilarni jalb qilish maqsadida uni T.G.I.F. (Thank God It’s Friday – Xudoga shukur, bugun juma) deb nomlash bo‘ladi deb o‘yladi. Bir hafta ichida politsiya har oqshom to‘planadigan yosh bo‘ydoqlarni nazorat qilish uchun Friday’s (u tezda shu nom bilan tanilgan) atrofini to‘siqlar bilan o‘rab olishga majbur bo‘ldi. Tez orada yuzlab ochiqdan-ochiq taqlid qiluvchi savdo markazlari o‘nlab yirik shaharlarda o‘z eshiklarini ochdi va shunday qilib, yangi bir sanoat tarmog‘i paydo bo‘ldi. – Newsweek, 1973-yil 16-iyul.
Sinov oshxonasida oylab o‘tkazilgan tajribalardan so‘ng, T.G.I. Fridey’s restoranlari o‘zining eng sevimli taomiga aylanadigan yangi taom – “Kartoshka Qayiqlari”ni taqdim etadi.
1980-yillar
T.G.I. Friday’s restoranlar tarmog‘i Friday’s Flings va Smoothies nomli mazali, alkogolsiz ichimliklarni joriy etdi. Shu bilan birga, restoran tarmog‘i 105 ta filialga yetib, keyingi yili o‘zining 20 yillik yubileyini nishonladi.
TGI Friday’s Inc. Londonning Whitbread & Co. PLC kompaniyasi bilan o‘zining birinchi xalqaro rivojlanish shartnomasini imzoladi. Birinchi restoran Angliyaning Birmingem shahrida ochildi va keyinchalik kompaniya Osiyoda T.G.I. Friday’s restoranlarini boshqarish uchun o‘zining birinchi xalqaro qo‘shma korxonasini tashkil etdi.
1990-yillar
T.G.I. Friday’s restorani endi Avstraliya, Braziliya, Kanada, Chili, Xitoy, Indoneziya, Panama, Shveytsariya va boshqa mamlakatlarda mavjud. Koreya poytaxti Seul 300-chi restoranning vataniga aylanadi.
1995-yilda 30 yillik yubiley nishonlanishi!!!
T.G.I. Friday’s restoranlariga alohida kabinkalar qo‘shiladi va muhitni yorqinroq qilish uchun interyerdagi yog‘och ranglari ochlashtiriladi.
«Jack Daniel’s Grill» o‘zining milliy faoliyatini boshladi!
T.G.I. Friday’s Rossiyaning Moskva shahrida restoran ochgan ilk Amerikalik kundalik ovqatlanish restoranlar tarmog‘iga aylanadi. Keyinchalik Londonning Hitrou aeroportida o‘z faoliyatini boshladi.
T.G.I. Friday’s o‘zining yangilangan veb-sayti- www.fridays.comni ishga tushiradi.
2000-yillar
T.G.I. Friday’s restoranlari yana yangi mamlakatlarda – Islandiya, Alyaska va Saudiya Arabistonida o‘z faoliyatini boshladi!
2002-yilning oxiriga kelib, AQShda 522 ta «Friday’s» restorani va xalqaro miqyosda 191 ta filial mavjud bo‘lib, ularning umumiy soni 713 tani tashkil etardi. 2002-yil uchun tarmoq bo‘yicha umumiy savdo hajmi 2,1 milliard dollarni tashkil etdi.
Los-Anjeles shahar qidiruv xizmati foydalanuvchilari Magic Johnsonning Laderadagi «Friday’s» barini «Ishdan keyingi eng yaxshi 10 ta bar» ro‘yxatiga kiritib ovoz berishdi.
T.G.I. Friday’s restoranining jonlanishi boshlanadi… Restoranning yangi ko‘rinishi, yangi taomnomasidan tortib yangi yoritish va yangi musiqasigacha – barchasi yangilandi!
Dallas Business Journal jurnali Carlson Restaurants Worldwide va T.G.I. Friday’s kompaniyalarini Dallas va Fort-Uertdagi eng yaxshi ish joylaridan biri sifatida tanladi.
Carlson Restaurants Worldwide Buyuk Britaniyadagi 45 ta T.G.I. Friday’s restoranini Whitbread PLC kompaniyasidan sotib oladi.
T.G.I. Friday’s Food Network’ning «Ultimate Recipe Showdown» ko‘rsatuvi bilan hamkorlik qilmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida kompaniya o‘zining AQShdagi 600 dan ortiq restoranlarida milliy retsept tanlovida g‘olib deb topilgan beshta eng sara taomni taqdim etadi.
Ian Saunders T.G.I. Friday’s International kompaniyasining prezidenti va bosh operatsion direktori etib tayinlanadi.
2025-yilda TGI Fridays Oʻzbekistonning Toshkent shahri ahli uchun oʻz eshiklarini ochdi.
Become a Stripes Rewards Member
Want free food and drink?
Sign up to our Stripes Rewards loyalty program and get access to lots of exclusive benefits.